Qurilish sohasida ekspert yechimlar:TEXNO DAT dan premium qurilish tizimlari
Biz O‘zbekiston iqlimi va har bir obyektning xususiyatlarini inobatga olgan holda, tom yopish, issiqlik izolyatsiyasi va fasad tizimlari bo‘yicha dunyoning yetakchi brendlarini taqdim etamiz
TEXNO DAT — ortiqcha xarajatlarsiz va qayta ishlovlarsiz qurilish tizimlari
2009-yildan buyon TEXNO DAT qurilish uchun muhandislik tizimlarini yaratadi. Biz taklif qilayotgan yechimlar yagona tizim sifatida ishlaydi — xatolarsiz, qayta ishlovlarsiz va yashirin xavflarsiz.
Biz qisqa muddatli foyda uchun sifatdan voz kechmaymiz. Har bir loyiha bo‘yicha kelajakda qo‘shimcha xarajatlar va texnik muammolarni keltirib chiqarmaydigan, puxta o‘ylangan yechimlarni amalga oshiramiz.
Mijozlar va hamkorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni qadrlaymiz. Ishimiz mas’uliyat, professionallik va har bir loyihaga chuqur yondashuv asosida quriladi.
Biz Katepal, Docke va RoofShield kabi yetakchi brendlar bilan hamkorlik qilamiz. Bu materiallarning original ekanligini va butun tizim bo‘yicha barqaror sifatni kafolatlaydi. Biz uchun eng muhim mezon — natija. Ishonchli amalga oshirilgan, yillar davomida xizmat qiladigan va o‘z xususiyatlarini saqlab qoladigan obyektdir.
12+
xalqaro brendlar
Yevropa va MDHning saralangan ishlab chiqaruvchilari — siz uchun premium darajadagi eng yaxshi yechimlar bir joyda
1000+
tugatilgan binolar
Toshkentdagi xususiy villalardan tortib, butun mamlakat bo‘ylab yirik sanoat majmualarigacha. Bizga har qanday murakkablik va miqyosdagi loyihalar ishonib topshiriladi
100%
to‘liq komplektatsiya
Barcha komponentlarni turli joylardan qidirishga vaqt sarflamaysiz — biz barcha tizimlarni “kalit topshirish” asosida to‘liq yetkazib beramiz
Profilangan membranalar, drenaj membranalari, bitum va bitum-polimer rulon gidroizolyatsiya, mastikalar hamda komplektatsiya
Fasad tizimlari
Bazalt va kvarts asosidagi issiqlik izolyatsiyasi, XPS, plyonkalar, skotchlar, yonmaydigan membranalar, shisha to‘rlar, quruq aralashmalar, dyubellar va profillar
Gidroizolyatsiya
Polimer gidroizolyatsiya (PVC/TPO membranalar), bitum va bitum-polimer gidroizolyatsiya hamda komplektatsiya
Yassi tomlar
Polimer gidroizolyatsiya (PVC/TPO membranalar), bitum va bitum-polimer gidroizolyatsiya hamda to‘liq komplektatsiya
Shovqin izolyatsiyasi
Yuqori samarali professional akustik yechimlar
Issiqlik izolyatsiya
Bazalt plitalari, kvarts izolyatsiyasi XPS va yuqori samarali PIR yechimlari
Qiya tomlar
Bitumli cherepitsa, keramik va metall cherepitsa, mansard oynalari, drenaj (suv oqizish) tizimlari hamda to‘liq komplektatsiya
To‘liq spetsifikatsiyani olish uchun quyidagi formani to‘ldiring
Barcha qurilish bosqichlari uchun muhandislik yechimlari
Biz uyingizni issiqlik, yog‘ingarchilik va shovqindan himoya qiluvchi sertifikatlangan tizimlarni taklif etamiz. Har bir mahsulot — Yevropa estetikasi va yuqori samaradorlikning mukammal uyg‘unligidir.
[ Materiallar ]
Qiya tomlar
Bitumli cherepitsa, keramik va metall cherepitsa, mansard oynalari, drenaj (suv oqizish) tizimlari hamda to‘liq komplektatsiya
Issiqlik izolyatsiya
Bazalt plitalari, kvarts izolyatsiyasi XPS va yuqori samarali PIR yechimlari
Shovqin izolyatsiyasi
Yuqori samarali professional akustik yechimlar
Yassi tomlar
Polimer gidroizolyatsiya (PVC/TPO membranalar), bitum va bitum-polimer gidroizolyatsiya hamda to‘liq komplektatsiya
Gidroizolyatsiya
Polimer gidroizolyatsiya (PVC/TPO membranalar), bitum va bitum-polimer gidroizolyatsiya hamda komplektatsiya
Fasad tizimlari
Bazalt va kvarts asosidagi issiqlik izolyatsiyasi, XPS, plyonkalar, skotchlar, yonmaydigan membranalar, shisha to‘rlar, quruq aralashmalar, dyubellar va profillar
Poydevor
Profilangan membranalar, drenaj membranalari, bitum va bitum-polimer rulon gidroizolyatsiya, mastikalar hamda komplektatsiya
Zamonaviy materiallarning tizimdagi ishlashini ko‘ring. Elementlar ustiga olib boring va TEXNO DAT yechimlari bilan binoni energiya tejamkor hamda uzoq muddat xizmat qiladigan qilish yo‘llarini bilib oling.
Tom
Zavodlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish va 50 yilgacha amal qiluvchi rasmiy kafolat
Shovqin izolyatsiyasi
Akustik qulaylikni maksimal darajada ta’minlovchi innovatsion materiallar
Fundament
Poydevorni muzlash va yemirilishdan himoya qiluvchi texnologik yechimlar
Obodonlashtirish
Mustahkam va estetik landshaft uchun yuqori mustahkamlikdagi materiallar
Issiqlik izolyatsiyasi
Ideal mikroiqlimni ta’minlash uchun energiya samarador yechimlar
Gidroizolyatsiya
Namlikdan o‘nlab yillar davomida mutlaq himoya
Fasad tizimlari
Binoning ishonchli himoyasi va mukammal me’moriy estetika
50 yilgacha rasmiy kafolat
Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish
Mahsulotlar doimiy ravishda omborda mavjud
Vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri import
[ Brendlar]
Xalqaro yetakchi kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik — sifat kafolatidir
TEXNO DAT tom yopish va fasad tizimlari bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchilarning rasmiy distribyutori hisoblanadi. Biz vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni ta’minlaymiz — bu har bir mahsulot partiyasining original ekanligini va mijozlarimiz uchun raqobatbardosh narxlarni kafolatlaydi.
Biz rasmiy diler hisoblanamiz — maqomimiz tegishli sertifikatlar bilan tasdiqlangan
Nega quruvchilar va xususiy mijozlar TEXNO DAT ni tanlashadi?
TEXNO DAT missiyasi — sifatli materiallar va kompleks yechimlarni taqdim etish orqali qurilish sohasiga bo‘lgan hurmatni oshirish, obyektlarning ishonchliligi, energiya samaradorligi va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash. Bizning qarashimiz — qurilish sohasida sifat va professionallik standarti bo‘lish va uning rivojiga hissa qo'shish.
[ Keng assortiment ]
Qurilishning barcha bosqichlari uchun tizimli yechimlar: poydevor va hududni obodonlashtirishdan tortib, fasadlar va barcha turdagi tom tizimlarigacha. Issiqlik, gidro va shovqin izolyatsiyasining to‘liq spektrini, shuningdek, sifatli montaj uchun professional butlovchi qismlarni yetkazib beramiz.
[ Kompleks yechimlar ]
Biz O‘zbekistonda qurilish tizimlarini kompleks taklif etuvchi yetakchi yagona korxonamiz. Maqsadimiz — mutaxassislar uchun birinchi tanlov bo‘lish va har xil konstruksiyalar uchun ishonchli hamda innovatsion yechimlarni taqdim etish.
[ Butun mamlakat bo‘ylab yetkazish ]
O‘zbekistonning asosiy hududlarida faol ravishda ishtirokimizni kengaytirmoqdamiz. Toshkentdagi bosh ofisdan tashqari, Samarqand, Nukus, Buxoro va Farg‘onada filiallarimiz mavjud. Bu esa mahsulotlarimizning qulay mavjudligi va mijozlarga butun mamlakat bo‘ylab tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.
[ Muhandis yordami ]
Biz to‘liq texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaymiz: professional smeta hisob-kitoblaridan tortib, murakkab texnik tugunlar bo‘yicha maslahatlargacha. Montaj brigadalarini innovatsion tizimlar bilan ishlashga o‘rgatamiz, texnologiyalarning to‘g‘ri qo‘llanilishi va obyektning maksimal xizmat muddatini kafolatlaymiz.
Bizning ishimiz natijasi — O‘zbekiston bo‘ylab yuzlab muvaffaqiyatli loyihalardir. Har qanday murakkablikdagi obyektlar uchun komplektatsiyada ishonchli hamkor bo‘lib, binolarning uzoq xizmat muddati va yuqori samaradorligini ta’minlaymiz.
Loyiha: Zamonaviy uslubdagi shahar tashqarisidagi turar-joy majmuasining individual loyihasi
Коmplektatsiya: Ko‘p qatlamli egiluvchan cherepitsa asosidagi to‘liq tom tizimi, energiya samarador issiqlik izolyatsiyasi va premium suv drenaj tizimi
[ Toshkentdagi rezidensiya ]
Loyiha: Ifodali arxitekturaga ega, estetika talablari yuqori bo‘lgan premium restoran majmuasi.
Коmplektatsiya: Tom tizimi PVX-membrana va cherepitsa, germetiklik mahsulotlari
[ Restorant Samarqanddagi ]
Loyiha: Tomida ekspluatatsiya qilinadigan terassa mavjud zamonaviy ma’muriy bino
Коmplektatsiya: Poydevor gidroizolyatsiyasi, XPS izolyatsiya plitalari va terrasa uchun sozlanadigan tayanch tizimlari
[ Farg‘onadagi biznes markazi ]
[ Ish bosqichlari ]
Professional darajadagi hamkorlik algoritmi
Biz uzoq muddatli hamkorlikni quramiz hamda loyiha bosqichlarining har birida uzluksiz ta’minotni kafolatlaymiz
Texnik maslahat
Loyiha auditi va hujjatlarni tahlil qilish asosida arxitektura talablari hamda byudjetga mos optimal tizim yechimlarini tanlaymiz
Muhandislik hisoblashlari
Materiallar va butlovchi qismlar hajmini aniq hisoblaymiz — ortiqcha xarajatlarsiz va to‘liq komplektatsiya kafolati bilan.
Kelishuv va shartnoma
Hajmlar, narx va yetkazib berish muddatlarini aniqlab, qurilish jarayonining sur’atiga moslashtirilgan, shaffof yetkazib berish jadvalini shakllantiramiz.
Ta’minot va logistika
Buyurtmalar o‘z omborlarimizda shakllantiriladi va maxsus transport orqali butun O‘zbekiston bo‘ylab tezkor yetkazib beriladi.
TEXNO DAT — murakkab texnik loyihalarda ishonchli hamkor
Agar siz kerakli ma’lumotni topa olmagan bo‘lsangiz yoki loyihangiz nostandart muhandislik yechimlarini talab qilsa — biz doim aloqadamiz
Biz har qanday turdagi loyihalar uchun moslashuvchan hamkorlikni ta’minlaymiz. Xususiy rezidensiyalardan tortib yirik sanoat obyektlarigacha — har bir vazifa uchun optimal yechimlarni tanlaymiz.
Ha, albatta. Biz yetakchi ishlab chiqaruvchilarning rasmiy hamkorimiz va barcha zarur texnik hujjatlar hamda sertifikatlarni taqdim etamiz. Tanlangan tizimga qarab, kafolat muddati 50 yilgacha bo‘lishi mumkin.
Albatta. O‘z omborlarimiz va logistika tizimimiz orqali Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Nukus hamda boshqa hududlarga tezkor va barqaror yetkazib berishni ta’minlaymiz.
Muhandislik qo‘llab-quvvatlash bizning asosiy yo‘nalishlarimizdan biri. Mutaxassislarimiz loyiha hujjatlarini bepul tahlil qilib, tizimlar bo‘yicha aniq hisob-kitoblarni taqdim etadi — bu ortiqcha xarajatlarsiz optimal natijani ta’minlaydi.
Ha. Innovatsion tizimlarning to‘g‘ri ishlashi uchun obyektning o‘zida montaj jamoalari uchun texnik maslahat va instruktajlar (shef-montaj) o‘tkazamiz, barcha texnologik talablarga rioya etilishini kafolatlaymiz.
Biz soha yetakchi zavodlari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikka egamiz va obyektni kompleks komplektatsiya qilish doirasida buyurtmachining individual so‘rovi asosida maxsus materiallarni yetkazib berish imkoniyatimiz mavjud.
Kontaktlar va hududiy filiallar
Toshkent
Samarqand
Buxoro
Nukus
Farg'ona
TEXNO DAT | Toshkent
Toshkent sh., Farg‘ona yo‘li 61 (mo‘ljal: Islom ota masjidi)